Namangan shahrida yashovchi fuqaro 26-iyulda Kobalt rusumli avtomashinasini Olmazor koʻchasida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qarama qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan. Natijada Kobalt haydovchisi koʻkrak qafasi yumshoq toʻqimasi lat yeyishi bilan shikastlangan.

Tez yordam haydovchisi esa ogʻir qoʻshma shikast, bosh miya yopiq shikasti, oʻng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tez yordam avtomashinasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro esa ogʻir tan jarohati olib koʻrsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.