Aytilishicha, 2023-yil yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 227 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyigan.
Shuningdek, oʻtgan yil avgust oyida 50, sentyabr oyida 100, oktyabr oyida 100, noyabr oyida esa yana 108 dona ana shunday avtoulovlarning yangi partiyasi ehtiyojga qarab Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallariga taqdim etildi.
2023-yil soʻngida “Jizzakh Auto” kompaniyasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi uchun mazkur rusumdagi avtomashinalarning navbatdagi 100 dona yangi partiyasi taqdim etilgan.
Navbatdagi, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari “Tez yordam” filiallari uchun berilgan 30 ta avtomashina hisobiga tizimdagi bunday avtotransport vositalari soni jami 800 dan oshadi.