Bishkek — Toshkent — Bishkek yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovlari haftasiga toʻrt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
“TezJet” 2013-yilda tashkil etilgan Qirgʻiziston aviakompaniyasi boʻlib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirgʻiziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.