Sinoptiklar maʼlumotiga koʻra, ushbu kunlarda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi ehtimoli bor.
Qashqadaryo viloyatida
- Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlarida shunday holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Surxondaryo viloyatida
- Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlari xavfli hududlar sifatida qayd etilgan.
Samarqand viloyatida
- Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida sel kelishi ehtimoli bor.
Navoiy viloyatida
- Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari, Jizzax viloyatida esa Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari xavf hududlari sifatida koʻrsatilgan.
Toshkent viloyatida
- Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida ehtiyotkorlik choralarini koʻrish zarur.
Namangan viloyatida
- Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlari, Fargʻona viloyatida Soʻx, Shohimardon, Fargʻona va Beshariq tumanlari.
Andijon viloyatida
- Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Mutaxassislar togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda haydovchilarni ehtiyotkor boʻlishga chaqiradi.
Shuningdek, ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.