Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun soat 10:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov koʻchasida 21 yashar haydovchi «Malibu» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu koʻchada joylashgan “Mebel House” roʻparasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl chetida toʻxtab turgan bir yoʻla ikkita “Lasetti” rusumli transport vositalariga urilib, «Malibu» avtomobili agʻdarilgan.

TH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir boʻlish sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.