2016 yidan buyon FIFA futbolda shaxsiy muvaffaqiyatga erishganlarga The Best mukofotini berib keladi.
Navbatdagi g'oliblarni taqdirlash marosim kelgusi yilning 27 fevral` kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda FIFA sayti xabar tarqatdi. Marosimda erkaklar va ayollar o'rtasida eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi darvozabonga sovrin topshiriladi. SHuningdek, feyr-pley mukofoti, eng yaxshi gol uchun Pushkash sovrini, muxlislar mukofoti ham o'z egasini topadi. Bundan tashqari, yilning ramziy jamoasi aniqlanib, rahbatlantiriladi.