FIFA 2016 yildan buyon har yili futbolda erishgan individual yutuqlari uchun eng yaxshi o'yinchiga The Best sovrinini topshirib keladi. Kecha 2023 yilgi sovringa da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi.
Ro'yxatdan Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”), Erling Holand (“Manchester Siti”), Xulian Al`vares (“Manchester Siti”), Ilkay Gundo'g'an (“Barselona”), Rodri (“Manchester Siti”), Lionel Messi (“Inter Mayami”), Viktor Osimhen (“Napoli”), Kilian Mbappe (PSJ), Deklan Rays (“Vest Hem”/ “Arsenal”), Martselo Brozovich (“Inter”/ “An-Nasr”) joy olgan.