Bu nihoyatda yirik loyihani ishga tushirishda 14 aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon o'rtasidagi ilk kelishuv muhim ahamiyatli bo'ldi, deyiladi maqolada.

Shuningdek, bungacha ham Afg'oniston, Pokiston va O'zbekiston hukumati vakillari uch tomonlama uchrashuvlar o'tkazib, Transafg'on temir yo'lini qurish uchun “Yo'l xaritasi”ni tasdiqlagani, bu loyiha bir qancha sabablarga ko'ra jozibali ekani, ulardan muhimi esa O'zbekistonning dengiz portlariga kirishi uchun eng qisqa yo'l bo'lishi haqida aytiladi.

Yangi temir yo'l qurilishi joriy yil sentyabr` oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirda esa O'zbekistonni Mozori-Sharif bilan bog'laydigan temir yo'l koridori ishlab turibdi. Garchi ba'zi mintaqaviy loyihalar o'nlab yillar qog'ozda qolib kelsada, Transafg'on temir yo'li o'z vaqtida qurib bitkaziladi, deyishga asos bor, deyiladi maqolada.

Muallif rasmiy Toshkentning Transafg'on temir yo'li qurilishidagi ishtiroki, shuningdek, Afg'oniston va Pokiston bilan hamkorligini O'zbekistonning katta sarmoyaga egaligi bilan izohlaydi.