Nashrning tushuntirishicha, gap Rossiyadan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik boj to'lashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo'llab-quvvatlash haqida ketmoqda, bu amalda global neft embargosiga aylanishi mumkin.
The Times nashrining yozishicha, bunday yondashuvga Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning muzokaralardan bosh tortgani va Ukrainadagi tinch aholi manzillariga zarbalar berishni davom ettirayotganidan noroziligi sabab bo'lgan.
Nashr shuningdek, asosiy masala iqtisodiy oqibatlar xavfi bilan bog'liq ekanligini yozadi. Oq uy sanksiyalarni bekor qilish prezident vakolatlari doirasida qolishini istaydi, Kongress esa cheklangan nazoratni taklif qilmoqda.
Avvalroq Tramp muhim bayonot bilan 14-iyul kuni chiqish qilishini xabar qilingandi. Oq uy rahbari hech qanday tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi, biroq Moskvaning harakatlaridan hafsalasi pir bo'lganini ta'kidladi. Bundan sal oldin AQSh Prezidenti Rossiyaga “kichik syurpriz” qilishni va'da qilgan edi.
May oyida tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya har doim muzokaralar tarafdori bo'lganini, Ukraina esa Putin va uning hukumati bilan aloqalarni taqiqlovchi farmonni imzolaganini yana bir bor eslatgan edi, deb xabar beradi gazeta.ru.









