Buning eng qulay va oson yo'li niqoblarni kir yuvish mashinasida yuvish, yaxshilab bug'li dazmolda  quritish zarur bo'ladi. Sababi niqob etishmasligi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi.   

Bundan tashqari mutaxassislar niqoblarning № 95 formasi (shifokorlar uchun)dan foydalanmaslikni maslahat berishmoqda. Sababi bunday niqoblarni ommaviy ravishda sotib olish bozorda taqchillikni yuzaga keltirishi mumkin.

Birgina Rossiyada niqob ishlab chiqarish iyun` oyida bir sutkada 9 milliondan 11 millionga oshirilishi mumkin.

Butunjahon Sog'liqni saqlash tashkilotining  ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'yicha 5 millionga yaqin odam kornoavirus bilan kasallangan bo'lsa, 326 mingdan ortig'i vafot etgan.