“Volkswagen Caddy” transport mashinalari bu safar Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga taqdim etdi.

Yangi ambulanslar “Turin Invest Engineering” injiniring kompaniyasi mutaxassislari tomonidan jihozlangan va pandemiya davrida aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

Avtomobillar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.

“Volkswagen Caddy” avtomobillarining Oʻzbekistonda sotuvi joriy yil iyul oyi oxirlarida boshlangandi.

Bugun modellarni “Folksvagen”, “Tashkent Autocentre” (sobiq “Sergeli Avtotexxizmat”) rasmiy avtosalonida xarid qilish mumkin, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.