Xususan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 10 kalendar` kun mobaynida mahalliy mehnat organidan ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma'lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o'rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo'lishadi. 

Sayxunobod tuman adliya bo'limi tomonidan ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan bo'shatilgan xodimlarning kompensatsiya to'lovlarini to'lab berish bo'yicha Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi. 

SHu bilan birga Sayxunobod tumani Bandlikka ko'maklashuvchi markaz rahbariga ham ushbu holat yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida ish qo'zg'atish yuzasidan taklif kiritildi. 

Natijada, tibbiyot birlashmasining shtatlar qisqarishi munosabati bilan muhnat shartnomasi bekor qilingan jami 15 nafar xodimlariga 14 mln 931 ming 714 so'm madad puli hisoblanib, to'lab berildi.