Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Ya. fuqarolar G.A. va K.Oʻ.ga tanishlari orqali tibbiyot kollejini tugatganlik toʻgʻrisida diplom olib berish evaziga 2 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Ularning koʻrsatmasiga asosan ushbu tezkor tadbir davom etadi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bosh uslubchisining ham firibgarligi fosh etiladi. Bosh uslubchi B.A. 2 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.