O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash va oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari hamkorligida onlayn tashkil etilgan anjumanda akademik, professor, yosh olimlar bilan birga Rossiya, Qozog'iston hamda yurtimizdagi barcha tibbiyot Oliy o'quv yurtlari talabalari, jami 500 nafar kishi ishtirok etdi. Tadbirda kasalliklarni davolash va oldini olish texnologiyasi, shuningdek, klinika ishini tashkil etish jarayonida raqamli tibbiyotning rivojlanishi haqida ma'lumot berildi.
Konferensiyada mamlakatimizda raqamli tibbiyotni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani, kelgusi yillarda sog'liqni saqlash sohasida 12 ta yirik loyiha amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgani ta'kidlandi.
Tadbir doirasida IT-texnologiyalardan foydalangan holda davolash jarayonining yangi darajasi, tibbiy ta'limni raqamlashtirish, tibbiyotda sun'iy intellekt, teletibbiyot, tibbiyotdagi robotlar mavzularida muhokamalar, davra suhbatlari tashkil etildi.
Konferensiya materiallari Toshkent Tibbiyot Akademiyasi elektron to'plamida chop etiladi.