Yoʻl xaritasi 7 ta yoʻnalishdan iborat boʻlib, unda, jumladan quyidagilar belgilangan:

2022-yilda 136 ta va 2023-yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

2023-yildan joylardagi poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish;

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qoʻshimcha ustama toʻlashni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-maydan:

barcha tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida bolalar boʻlimini tashkil etish;

tibbiyot brigadalariga 2022–2023-yillarda qoʻshimcha 8 500 ta hamshira va doya shtat birliklarini berish;

18 yoshgacha boʻlgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli koʻrikdan oʻtkazish tizimini joriy qilish.

Tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berish;

3-15 yoshdagi bolalarni 2022-yil 1-iyuldan yod preparati bilan bepul taʼminlash;

Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil 1-iyundan:

sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshini malaka toifasiga qarab qoʻshimcha 15 foizgacha oshirish;

yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qoʻshimcha 25 foiz miqdorida ustama toʻlashni joriy etish.

2022-yil 1-maydan:

barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiytibbiy koʻrikni bepul oʻtkazish;

qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash.

2022/2023 oʻquv yilidan:

hududlarda shifokorlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oshirib borish;

ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik boʻyicha magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oshirish.

Olis va chekka hududlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining shifokorlari oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 mln soʻm har oylik ustama belgilash.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida jalb qilingan shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha qismini mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qoplab berish.

Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilish.

Oʻz mahallasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilgan, shaxsiy namuna koʻrsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillariuchun “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishonini taʼsis etish.