Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Xonobod shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.T. fuqarolar G.M. va M.A.ni tanishlari yordamida Qoʻrgʻontepa tumani tibbiyot texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.