Tibbiyot muassasalarini yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19ni aniqlashda zarur bo'ladigan PZR, IFA va IXA tahlillari uchun yuqori sifatli va arzon diagnostika test to'plamlari bilan ta'minlash, OIV infektsiyasi (3-4 avlod), gepatit B va C, boshqa yuqumli kasalliklar, mahalliy diagnostika to'plamlarini ceriyali ishlab chiqarish bazasini shakllantirish, eng yangi diagnostika tizimlari uchun ilmiy-ishlab chiqarish bazasini yanada rivojlantirish tashkil etilayotgan ushbu ishlab chiqarish maydonchasining maqsadi etib belgilangan.
O'z FA O'simlik moddalari kimyosi institutida (OIV) (3 va 4-avlod), gepatit B va C, sifilis kabi turli xil infektsiyalarni aniqlashda qo'llaniladigan test to'plamlari ishlab chiqilgan, shuningdek, yaqinda biologic namunalardan virus RNKni aniqlash uchun to'plam yaratildi.
PZR (polimeraza zanjirli reaktsiyasi) test to'plamlari zamonaviy diagnostika testlarida takomillashtirilgan va deyarli barcha infektsiyalarni aniqlaydi (COVID-19, OIV, gepatit B va C) va genetik anomaliyalar bilan bog'liq kasalliklarni aniqlashga imkon beradi.
IFA (immunoferment) test to'plamlari turli xil infektsiyalarni OIV, virusli gepatit va boshqa yuqumli kasalliklar aniqlaydi.
IXA (immunoxromatografik) test sinovi soddaligi tufayli eng tezkor va eng keng qo'llaniladi.
Aholi, donorlar va xavfli guruhdagi bemorlarda turli yuqumli va onkologik kasalliklar mavjudligini tekshirishda mazkur test to'plamlari keng qo'llaniladi.