Bundan koʻzlangan maqsad — yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilishdir.

Mazkur “Sall-markaz”ning 1295 raqamlari Yangi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq boʻlmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bogʻliq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan gʻoya va takliflari uchun ishlashni boshladi.

Bu murojaatlarning aksariyati “Sall-markaz”ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan boʻladigan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkaziladi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, xabar orqali soha vakillari murojaat yoʻllash orqali sogʻliqni saqlash tizimi taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishga va bu ishda faol boʻlishga chaqiriladi.