— Kechagi muloqot — tarixiy uchrashuv bo'ldi. Chunki davlatimiz rahbari mamlakatimizda soha bo'yicha 2017­-2022 yillarda bajarilgan ishlar asosida O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimining keyingi bosqichdagi rivojlanish strategiyasini belgilab berdi. Bu uchrashuvning besh yil oldin o'tkazilishi noto'g'ri bo'lar edi. Boisi, o'tgan besh yil davomidagi sa'y­ harakatlar bilan bugungi o'zgarishlarga poydevor qo'ya oldik.

O'tgan vaqtda salmoqli yutuqlarga erishdik. Avvalo, xorijda yurgan shifokor vatandoshlarimiz yurtimizga qaytib keldi. Avvallari yuqori texnologiyaga asoslangan jarrohlik amaliyoti bitta­ikkita klinikada qilingan bo'lsa, bugun 8­10 ta klinikada, hatto har bir hududda bajarilmoqda.

Muloqotda ixtisoslashgan tibbiy xizmatning aholiga yaqinlashtirilgani, mahalliy dori­darmon ishlab chiqarishda erishilgan yutuqlar, ishga tushirilgan korxonalar, tibbiy ta'lim bo'yicha ro'yobga chiqqan islohotlar, shu bilan birga, kamchiliklar haqida ham ro'y­rost aytildi. “Aholining tibbiyotga e'tirozi yangi bosqichda, yangi shaklda ishlashimiz kerakligini ko'rsat yapti”, dedi Prezidentimiz.

Uchrashuvda ettita yo'nalish bo'yicha kelgusi besh yillikka mo'ljallangan muhim topshiriqlar berilildi. Birinchi yo'nalish — tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, birlamchi tizimning bu boradagi mutlaq yangi mexanizmlarini shakllantirish to'g'risida alohida so'z yuritildi. eng muhimi, tahlil bo'ldi. Tahlilda muammolar ko'rsatildi. Ularning echimi bo'yicha topshiriqlar berildi. Kerak bo'lsa, har bir vazifa ijrosi uchun moliyaviy manba ham belgilandi. Bu juda ham muhim, tahliliy va iqtisodiy manbalar belgilab berilgan muloqot bo'ldi. Uchrashuvning tarixiyligi ham shunda.

Bundan 10­15 - yil ilgari optimallashtirish, deb nomlangan jarayon tufayli chekka qishloqlardagi tibbiy xizmat, aslida yo'q qilingan edi. Tibbiy xizmat ko'rsatadigan muassasalar aholi yashash punktidan 60-­70 kilometr uzoqlikda joylashgandi. Bugun esa, eng yaqin tibbiyot muassasasi 3 kilometrdan uzoq bo'lmasligi, yayov yurganda 20 daqiqalik masofada joylashishi zarurligi qayd etildi. Ambulator tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirishning eng birinchi bosqichi — oilaviy shifokorlik punktlari va poliklinikalarni yangidan tashkil qilish va buning uchun dasturlar shakllantirish to'g'risida topshiriq berildi. Bundan tashqari, uchrashuv vaqtida aynan birlamchi tizimga taalluqli murojaatlar ham tinglandi.

Barcha ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada bolalar bo'limini tashkil qilish, har bir tibbiy brigada tarkibiga doyalar, pediatriya hamshiralari kiritilishi to'g'risida ham vazifalar yuklatildi. Bularning barchasi birlamchi tizimni rivojlantirish bo'yicha katta dasturning kichik bir bo'lagi.

Bu islohotlar natijasida aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmat sifati oshadi. eng asosiysi, xalqning roziligiga erishiladi. Birlamchi tizimda profilaktika ustuvor bo'lgani uchun kasalliklarning oldi olinadi. Sog'lom turmush tarzi, tibbiy madaniyat orqali yurtdoshlarimizning turli kasalliklarga chalinish xavfi kamayadi. Skrining, tibbiy ko'riklarga katta e'tibor beriladi. Bu iqtisodiy nuqtai nazardan kasallikni davolashdan ko'ra arzon tushadi. CHunki bugun yuqori texnologiyaga asoslangan jarrohlik amaliyoti o'tkazish juda qimmat turadi.

Davlatimiz rahbari hududlarning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqib tuman tibbiyot birlashmasidagi kardiologiya, endokrinologiya va nevrologiya o'rinlariga alohida e'tibor berish kerakligi to'g'risida to'xtaldi. Aholi o'rtasida eng keng tarqalgan kasalliklar aynan shu uchta yo'nalish bo'yicha kuzatilyapti.

Sog'lom turmush tarzi bo'yicha hokimlarga ham topshiriq berildi. endi “xonadonbay” ishlab, oilalarda to'g'ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik to'g'risida dasturlarni davom ettirish zarurligi ta'kidlandi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidan tibbiyot xodimi tashabbus bilan chiqdi. U endi har bir xonadonga borib, oila a'zolarining kundalik taomnomasini tuzib beramiz va bu jarayonda eng yaxshi patronaj hamshira, eng sog'lom xonadon nominatsiyalarini belgilaymiz, dedi.

 Prezidentimiz bu tashabbusni nafaqat Sardobada, balki butun mamlakatimiz bo'yicha ommalashtirish zarurligini ta'kidladi.

Elmira BOSITXONOVA,

sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari