Tibetdagi zilzila qurbonlari soni 126 nafarga yetdi

    Tibet muxtor rayonida (Xitoyning janubi-g'arbiy qismi) zilzila qurbonlari soni 126 nafarga yetdi, 188 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

    Avvalroq Xitoy markaziy televideniyesi kamida 95 kishi halok bo'lgani va 130 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

    Seysmik faollik ko'plab turar-joy binolari va infratuzilmalarning vayron bo'lishiga olib keldi. Qidiruv-qutqaruv ishlarida 400 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda. Falokat yuz bergan hududdan odamlar evakuatsiya qilindi. Xitoy rahbari Si Szinpin ushbu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi, deb xabar beradi tass.ru.