Bu haqda “Sinxua” seshanba kuni XXRning Tibet muxtor rayonidagi zilziladan jabrlanganlarga yordam ko'rsatish bo'yicha operativ shtabga tayanib xabar berdi.
“7-yanvar kuni soat 12.30 holatiga ko'ra, Shigadze shahar okrugining Tingri uyezdida sodir bo'lgan zilzila oqibatida 53 kishi halok bo'ldi, 62 kishi jarohat oldi”, deyiladi shtab xabarida.
Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9.05 da 6,8 magnitudali zilzila Tibet muxtor tumanining Shigadze okrugidagi Tingri uyezdida sodir bo'lgan, zilzila manbai 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Zilziladan keyin seysmologlar 49 bor yer silkinishini qayd etishdi, deb xabar beradi ria.ru.