Xitoy janubi-g'arbidagi Tibet muxtor rayonida sodir bo'lgan zilzila qurbonlari soni 95 kishiga yetdi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniesi mahalliy hokimiyatga tayanib.
“Moskva vaqti bilan soat 15:00 holatiga ko'ra, Tingri uyezdidagi zilzila 95 kishining o'limiga olib keldi”, deyiladi materialda.
130 kishi jarohatlandi.
Avvalroq 53 kishi halok bo'lgani va 62 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 9:05 da Tibet muxtor tumani Shigadze okrugining Tingri uyezdida 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning o'chog'i o'n kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilziladan keyin seysmologlar 49 bor yer silkinishini qayd etishdi.
Zilzila epimarkazidan 20 kilometr radiusda uchta shahar va 27 qishloq joylashgan bo'lib, ularda 6,9 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Xitoy rahbari Si Szinpin qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish va qurbonlar sonini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni buyurdi, deb xabar beradi ria.ru.