TikTok asoschisi Xitoyning eng boy odamiga aylandi

    TikTok servisiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Imin Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Uning boyligi 49,3 milliard dollarga baholandi.

    Bu haqda Hurun biznes nashriga asoslanib Reuters xabar bermoqda.

    Nashr maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda ByteDancening global daromadi 30 foizga oʻsib, 110 milliard dollarni tashkil etdi, AQSHda TikTok ilovasidan foydalanuvchilar soni esa 200 millionga yaqinlashdi.

    Qadoqlangan suv ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi 70 yoshli magnat Chjun Shanshan soʻnggi uch yil ichida birinchi marta birinchi oʻrinni boy berib, 47,9 milliard dollar bilan ikkinchi oʻringa tushib ketdi, deb xabar beradi forbes.kz.