2020-yil 20-sentyabr soat 14:30 da nomaʼlum shaxslar nomi yuqorida keltirilgan bozorda joylashgan 39 yoshli ayolga tegishli zargarlik doʻkonidan umumiy bahosi 30 000 dollar boʻlgan har xil turdagi taqinchoqlarni yashirin ravishda olib chiqib ketgan.
Hodisa sodir boʻlgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan koʻzdan kechirilib, savdo doʻkoniga kirish yoʻlagida oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tekshirib koʻrilganida, oʻgʻirlik sodir boʻlgan vaqtda savdo doʻkonidan uch nafar ayol bir vaqtda chiqib ketganligi va ulardan birining qoʻlida kiyimga oʻralgan narsa borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 19, 28 va 52 yoshli ayollar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan taqinchoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat sodir etgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Tilla taqinchoqlar egasiga toʻliq qaytarib berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.