Fojia o'tgan shanba kuni sodir bo'lgan. Sportchi Guanakaste viloyatidagi Kanyas daryosida suzayotgan vaqtida timsoh hujumiga uchragan. Keyinroq timsoh politsiya tomonidan otib o'ldirilgan.

Klub ma'lumotlariga ko'ra, Lopes Ortisning dafn marosimi chorshanba kuni bo'lib o'tdi.

“Bugun barchamiz uchun juda og'ir kun. Sizni murabbiy sifatida ham, futbolchi sifatida ham, ota sifatida ham eslaymiz. Siz doimo qalbimizda yashaysiz”, — deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

29 yoshli yigitdan ikki nafar farzand qoldi, deb xabar beradi mir24.tv.