“Dunyo” AA muxbiri “Najeeb Fibers”, “Najeeb Consultants Pvt.” va “Jawed Enterprises” kabi savdo va toʻqimachilik kompaniyalarining asoschisi va egasi Najib Vohra bilan uchrashib, oʻzbekistonlik sheriklar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish borasidagi tajribalari borasida suhbatlashdi.

— Men Oʻzbekistonga, sizning respublikangiz rahbariyatiga chuqur hurmat bilan qarayman, — dedi suhbat avvalida Najib Vohra. — Mamlakat mintaqaning yirik iqtisodiyotiga dinamik ravishda oʻtish yoʻlida. Men har doim koʻrishdan xursand boʻlgan oʻzbek aka-uka va opa-singillarim bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatganman.

Maʼlumki, Pokiston Oʻzbekiston bilan juda yaqin va qardosh munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bizning madaniyatimiz, diniy va oilaviy anʼanalarimiz juda oʻxshash. Pokiston Oʻzbekistonning Termiz shahridan atigi 665 kilometr uzoqlikda joylashganligini taʼkidlash lozim. Bu masofa Pokistonning Lahor va Karachi shaharlari orasidagi masofadan kamroqdir. Bundan tashqari, Pokistonning Karachi va Gvadarda taniqli dengiz portlari bor. Va bu oʻzbekistonlik sheriklar uchun jahon bozorlariga maqbul yoʻlni ochib beradi.

Mamlakatingiz bilan tanishuvim Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasida boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, birinchi navbatda, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish sohasidagi faoliyati meni juda xursand qildi va ilhomlantirdi. Respublika rahbariyati tomonidan 2016-2017-yillarda iqtisodiy rivojlanishning yangi progressiv yoʻnalishi toʻgʻrisida eʼlon qilinganidan beri u Oʻzbekiston –Pokiston biznes sherikligini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash uchun mamlakatga faol tashrif buyurishni boshladi.

Men mamlakatdagi noyob toʻqimachilik korxonalari, oʻzbek mahsulotlarining sifati, shuningdek, oʻzaro manfaatli va teng huquqli sheriklik qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdim.

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan men va mening xodimlarim har yili Oʻzbekistondagi koʻrgazma va yarmarkalarda qatnashib, qator toʻqimachilik sanoatining, shu qatorda Qashqadaryo viloyatidagi Lit Textile qoʻshma korxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Vaqt oʻtishi bilan Oʻzbekiston rahbariyatining qoʻllab-quvvatlashi tufayli biz oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini Afgʻoniston orqali tranzitda Pokistonga yetkazib berish masalasini hal qildik. Natijada oʻtgan yili biz Oʻzbekistondan 10 million dollarlik paxta iplarini olib keldik. Bunga faqat Prezident Shavkat Mirziyoyevning savdo-iqtisodiy hamkorlikka katta qiziqish uygʻotayotgan yangi islohotlari tufayli erishish mumkin edi.

2020-yilning birinchi yarmida karantin tufayli Pokiston-Afgʻoniston chegarasi uch oylik muddatga yopilishiga qaramay, mening kompaniyalarim Oʻzbekistondan paxta iplarini 5 million dollardan koʻproq import qildilar, bu oʻtgan yildagi tegishli koʻrsatkichdan ancha yuqori.

Pokiston-Afgʻoniston chegarasi yopilganda, Oʻzbekiston elchixonasining tavsiyasiga binoan men “Surxonteks”, “Sherobod Tekstil”, “LT Textile”, “Amudar Teks” va boshqa yetkazib beruvchilardan  pandemiya davrida ularning ishlab chiqarish imkonyatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun avans toʻlovlarini davom ettirdim.Chunki hamkorligimizni yana-da rivojlantirish istiqbollariga ishonaman. Bugungi kunda biz Oʻzbekistondan xaridlarni yiliga 20-30 foizga oshirishni davom ettirish uchun 1010-yil oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekistondan importni oyiga 2 million dollargacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz.

Shuni taʼkidlashni istardimki, boshqa barcha toʻqimachilik eksport yoʻnalishlari kamida 14 kunlik tranzit kunini, Afgʻonistonning Pokistonga tranziti esa 3 kunni tashkil qiladi. Shuning uchun men Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi barcha tashabbuslarini toʻla qoʻllab-quvvatlayman. Chunki kelajakda tinch Afgʻoniston Pokiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo hajmi 1 millirad dollargacha oshishi uchun yangi ufqlarni ochib beradi.

Biz Oʻzbekiston ishbilarmonlari bilan doimiy ravishda hamkorlik hajmlarini oshirish va ikki tomonlama munosabatlarni yana-da yaxshilashni istaymiz. Shuningdek, biz boshqa sohalarda, jumladan, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar, meva va sabzavotlar importini rivojlantirishni xohlaymiz. 2020-yil may oyida men BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazib berish uchuni Oʻzbekistondan gilos olib kelishni boshladim. Kelgusi yillarda ushbu savdoni koʻpaytirmoqchimiz.

Fursatdan foydalanib, Pokiston va Oʻzbekiston ishbilarmonlarini qardosh xalqlarimiz farovonligi oshishi va aholi bandligini taʼminlash uchun yana-da faolroq ishlashga chorlayman. Biz Oʻzbekiston rahbariyatining keng turdagi toʻqimachilik mahsulotlari , shuningdek, xorijiy davlatlarga keyinchalik eksport qilish uchun yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi intilishlarini qoʻllab–quvatlaymiz.