Oʻquv Rossiya Federatsiyasining Orenburg guberniyasidagi “Donguz” dala oʻquv maydonida oʻtkazildi.

Qoʻmondonlik shtabi oʻquvlarini Oʻzbekiston tomondan mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuxrat Xolmuhamedov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining masʼul ofitserlari bevosita kuzatib bordi.

Oʻquvlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari oʻz mahoratlarini har taraflama namoyish qildi va tashkilotchilar hamda hamkorlar eʼtirofini qozondi.

Bunday xalqaro oʻquvlar harbiy xizmatchilarimizni har taraflama toblab, tajribasi ortishida muhim oʻrin tutadi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.