Mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, “Tirik sayyora” poytaxtimizda Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan shoir va yozuvchilar haqidagi olinayotgan “Xalq yuragi” nomli turkum hujjatli filmlardan biri.
Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan mazkur film uchun adib yashagan Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadonda, Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bogʻida, shoir nomidagi ijod maktabida, muzeylarda syomkalar boʻlib oʻtadi. Xronikal tasvirlar koʻrsatiladi, muallifning lirik sheʼrlaridan parchalar oʻqiladi, oila aʼzolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.
Ssenariy muallifi Xurshid Doʻstmuhammad, rejissyor Abduhalil Mingnorov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboyev.