Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 milliard soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,2 foizni tashkil qildi.

Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,3 foizni tashkil etdi.

2021-yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 1 191,5 ming tonna goʻsht yetishtirilgan.