“Bugun ertalab masofadan boshqarish moslamasi okean tubida Titanning dum qismini topdi”.
Mogerning so'zlariga ko'ra, “Titanik”dan 200 metrdan ko'proq masofada topilgan qismlar batiskafning ichki qismida halokatli portlash sodir bo'lganidan dalolat beradi.
Avvalroq AQSh qirg'oq qo'riqlash xizmati Atlantika okeanida topilgan qoldiqlar g'oyib bo'lgan “Titan” suv osti kemasiga tegishli ekanligini, ular tahlili esa butun ekipajning halok bo'lganidan dalolat berayotganini ma'lum qilgandi.
Qidiruv operatsiyasi ishtirokchilari okean tubining chuqur ekani tufayli batiskaf qoldiqlarini topish ehtimoli juda kam ekanligini tan oldi. Moger marhumlarning jasadlarini topish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera olmadi, biroq mutaxassislar qoldiqlar topilgan joyda ishlashni davom ettirishini ma'lum qildi.
19-iyun kuni ekipajni “Titanik” vayronalariga yetkazishi kerak bo'lgan batiskaf yo'qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik kemaga egalik qiladigan OceanGate Expedition kompaniyasi batiskaf bilan aloqa uzilganini tasdiqladi, deb xabar beradi m24.ru.
AQSH qirg'oq qo'riqlash xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ekipajning kislorod ta'minoti tugagan.