Uchrashuvda, ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qilindi.
“Strategik sherikligimiz kelajakdagi hamkorlik uchun yanada katta salohiyatga ega boʻlgan barcha sohalarda izchil kengayishda davom etmoqda. Faol parlamentlararo aloqalar asosiy ustuvor yoʻnalishlardan boʻlib qolmoqda. Biz Kongressdagi “Oʻzbekiston boʻyicha kokus“i (doʻstlar guruhi) mamlakatlarimiz oʻrtasidagi muhim koʻprik vazifasini bajarayotganini yuksak qadrlaymiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.