Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi 2025-yilga moʻljallangan keng va istiqbolli kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi va 2025-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha boʻlgan sohalarni qamrab olgan hamkorligimizdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdik. Oʻzaro farovonlik va barqarorlik yoʻlidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.