Uchrashuvda Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi“ Sammitini muvaffaqiyatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotimiz davomida Markaziy Osiyo va Koʻrfaz davlatlarini birlashtirib turuvchi chuqur umumiy jihatlarga egaligimizga urgʻu berib, yanada mustahkam va istiqbolli hamkorlik uchun keng zamin yaratishimiz zarurligini taʼkidladik, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.