Uchrashuvda Oʻzbekiston-Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash, “Bir makon, bir yoʻl“ tashabbusi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish va oʻzaro bogʻliqlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
“SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldik. Bu esa oʻz navbatida mintaqaviy farovonlikni yanada qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.