TIV rahbari Rashid Meredov bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 27 Mart 2025 1048

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlari koʻrib chiqildi va Qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga asosiy eʼtibor qaratildi.

    “Biz mustahkam aloqalar va oʻzaro farovonlikka boʻlgan umumiy sadoqatimizni mustahkamlab, turli sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlarni oʻrgandik“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.