Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish muhokama qilindi.

“Oʻzbekiston va Vyetnam savdo, sarmoya va madaniy almashinuv yoʻnalishlarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash sari intilmoqdalar. Hamkorlikni chuqurlashtirish orqali biz taraqqiyot va umumiy farovonlik uchun yangi imkoniyatlar ochamiz. Kengayib borayotgan ikki tomonlama aloqalarimizning yil davomidagi kun tartibiga alohida eʼtibor qaratdik“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.