Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Qator mintaqaviy va global mavzularni, ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini, jumladan, huquqiy islohotlar, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv va qonun ustuvorligini taʼminlash sohasida ilgʻor tajriba almashish masalalari kun tartibimizdan oʻrin oldi. Shuningdek, mamlakatlarimizda islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi adliya tizimlarimiz oʻrtasidagi institutsional hamkorlikning yangi imkoniyatlarini koʻrib chiqdik, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.








