Shuningdek, vazirlik tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiradi.
Bangkokdagi Bosh konsulxona maʼlumotiga koʻra, hozirgi paytda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar qayd etilmagan. Qayd etilishicha, Tailandning poytaxti va asosiy turizm markazlarida vaziyat barqaror, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.
«Shu bilan birga, fuqarolarimizdan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslikni, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan axborotlarni kuzatib borishni soʻraymiz.
Favqulodda holatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonamizga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: +66 (2) 675-3995, +66 (2) 675-3996
Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarimiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur choralarni koʻrishda davom etadi«, deyiladi xabarda.









