O'zbekiston hukumati turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqib, uni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Respublikada xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar uchun viza rejimi soddalashtirildi, xususan, 93 xorijiy davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish, 56 mamlakat uchun elektron viza, 47 mamlakat uchun besh kunlik vizasiz kirish, shuningdek, 76 mamlakat uchun soddalashtirilgan tartib joriy qilindi.
Mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2017 yildagi 2,7 milliondan 2022 yilda 5,2 milliongacha ko'paydi. 2023 yilning 9 oyida mamlakatga 4,3 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
2022 yilda O'zbekistonda 1,6 milliard dollarlik sayyohlik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo'lsa, 2023 yil yanvar`-avgust oylari mobaynida bu ko'rsatgich 1,4 milliard dollarga teng bo'ldi.