Yalpi majlisni MDH PA Kengashi raisi Valentina Matviyenko ochib berdi va mavzuning dolzarbligini qayd etdi, shuningdek, Covid-19 pandemiyasiga qarshi kurashishning uchta jihatini ajratib ko‘rsatdi. Bular: vaksinadan foydalana olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda unga chora ko‘rish samaradorligini oshirish va aholini sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan imkon qadar kengroq qamrab olish.

Konferensiya ishida MDH PA parlamentlar delegatsiyalari rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbariyati ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Tadbir davomida Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva ham maʼruza bilan so‘zga chiqdi. O‘zbekistonda Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash darajasini yana-da oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qayd etib, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash bo‘yicha BRMga erishish borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini, shuningdek, profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish, shu jumladan yuqumli va irsiy kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkor mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov muammosi dolzarbligini inobatga olib, ushbu masalaga bag‘ishlangan forumni muntazam ravishda o‘tkazish taklifini bildirdi.

So‘zga chiqqanlar COVID-19 pandemiyasi davlatlarimiz hayotining barcha jabhalariga jiddiy taʼsir ko‘rsatganini, xalqaro hamjamiyat uchun asosiy muammoga aylanganini taʼkidladi. Ishtirokchilar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va MDH PA o‘rtasidagi ochiq muloqot ushbu yo‘nalishdagi ko‘plab savollarga javob topishga yordam berishini taʼkidlab o‘tdi.

Konferensiya doirasida “Jamiyat sog‘liqni saqlash xizmatlari va tibbiy yordamdan foydalanish huquqini qonunchilik yo‘li bilan taʼminlashda parlamentlarning o‘rni”, “Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrov huquqi: sifatli tibbiy-sanitariya yordamidan hammaning foydalana olishi va moliyaviy xavflardan himoyalanish” mavzularida munozaralar o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining