Senat Raisi majlis boshlanishida joylardagi deputat va senatorlarning faoliyati yuzasidan munosabat bildirdi.
– Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalardan. Biroq bu masalaga hamma ham masʼuliyat bilan yondashmayapti. Prezidentimizning yaqinda Fargʻona va Namangan viloyatlariga tashriflari davomida hududlarda toʻplanib qolgan muammolarni, mahallalardagi holatni hammamiz koʻrdik. Aholi oʻz noroziligini yashirmayapti. Tashriflar davomida markaziy va hududiy ijro organlar faoliyatiga tegishli baho ham berilmoqda. Muammolarni hal qilish boʻyicha aniq vazifalar ham belgilanib, hokimlar oʻsha joylarga koʻchib oʻtib muammolarni hal etyapti.
Lekin savol tugʻiladi. Hududlardagi bunday muammolarni nahotki joylardagi xalq vakillari – deputatlar, senatorlar koʻrmagan. Axir ular ham shu hududda yashaydiku. Odamlar ularga ishonch bildirib qoʻyganku. Qonun vakolat, davlat minbar berib qoʻyibdi. Qani jonkuyarlik, qani faollik. Toki hududlardagi muammolar hal etilmas ekan, odamlarning noroziligi koʻpayib boraveradi.
Senatning oʻn uchinchi yalpi majlisi davom etmoqda.