Bu haqida Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Imtihonga O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti Toshkent filiali rektori A.Ikramov, shuningdek, Turkiyaning TOVV ETÜ universiteti professorlari tashrif buyurdi.
Bu o'quv yilida 900 ga yaqin abiturient quyidagi 4 ta yo'nalishda o'qish bo'yicha hujjatlarni topshirdi:
- elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
- xalqaro biznes va tadbirkorlik;
- arxitektura va dizayn;
- ichki arxitektura.
Imtihonlar ingliz tili va matematika fanlari bo'yicha o'tkazildi. Mazkur oliy o'quv yurtiga 2021-2022-o'quv yilida 30 nafar eng iqtidorli abiturient grant asosida o'qishga qabul qilinishi alohida e'tiborga loyiq.
Ta'kidlash joiz, TOVV ETÜ Tashkent universiteti ikki tomonlama ta'lim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Unda o'quv yili 3 semestrdan iborat.