To‘dako‘lda O‘zbekistondagi ilk kaytsyorfing maktabi ochilmoqda

    Turizm 26 May 2023 994

    Ayni kunlarda esa To‘dako‘lda yirik taqdimotga hozirlik ko‘rilmoqda. 

    Joriy yilning 26-28-may kunlari ko‘l sohilidagi “Silk Road Family Resort” dam olish maskanida kaytsyorfing maktabi ochilishi munosabati bilan ushbu manzilda bir-qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joizki, kaytsyorfing sportning ekstremal turlaridan biri bo‘lib, u bilan shug‘ullanuvchilar soni yildan-yilga oshib bormoqda.

    Ochilish dasturiga maktab taqdimoti, kayt stansiyalari va mashg‘ulot plyajlari bo‘ylab sayohat, voleybol bo‘yicha turnir, quyosh botishi arafasida boshlanadigan ko‘ngilochar tadbir, shanba kunida basseyn oldida ko‘pikli tadbir kiritilgan.

    Ishtirokchilar xohishiga ko‘ra veykbording bo‘yicha ham darslar tashkil etiladi. Shuningdek, quyoshning botishi arafasida mashg‘ulotlarning amaliy qismida qatnashish imkoniyati yaratilgan.