Togʻ echkisini ovlaganga shaxslar qonun oldida javob beradigan boʻldi

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Boʻstonliq tumani Burchmulla davlat Oʻrmon xoʻjaligi Piskom boʻlimi Qorongʻi Toʻqay hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

    Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Tadbirlarda 1989-yilda Boʻstonliq tumanida tugʻilgan fuqaro T.B.tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli yordamida 1 bosh togʻ echkisini ovlaganligi aniqlandi.

    Huquqbuzar bu qilgan xatti-harakati bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning tegishli moddalari talablarini buzdi va 16.mln 875ming soʻm miqdorida zarar yetkazdi.

    Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborilmoqda va ov quroli Boʻstonliq tumani Ichki Ishlar boʻlimiga saqlash uchun topshirildi.