Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Kitob tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida “Bashir” MFY Bodomzor qishlogʻi hududida bir guruh fuqarolar tomonidan togʻ toshlari texnika vositalari yordamida talon-toroj qilinganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 baravari — 3 mln 400 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi.