Togʻlarda adashib qolganlar qutqarildi

    Boʻstonliq tumanidagi togʻlarda dam olish uchun borgan 4 nafar fuqaro yoʻldan adashib qolgan.

    Bu haqda Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga xabar kecha 13-aprel kuni soat 19:50da kelib tushgan.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi.

    Qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida yoʻldan adashgan fuqarolar tumanning Burchmulla mahallasi hududidagi togʻlarning yuqori qismida ekanliklari aniqlangan.

    Samarali saʼy harakatlar natijasida yoʻldan adashgan 4 nafar fuqaro sogʻ-salomat pastga olib tushilgan.