• 324-sonli yoʻnalish Chinorkent temir yoʻl bekatidan boshlanib, Qoraңkoʻl, Pana mehmonxonasi, Amirsoy, Tibet, Beldersoy, Chimyon, Sevarsoy, Layner, Piramida va Bochka orqali Beldersoygacha harakatlanadi.
  • 325-sonli yoʻnalish esa Chinorkent temir yoʻl bekati, Bochka, Piramida, Layner, Sevarsoy, Chimyon, Beldersoy, Tibet, Amirsoy, Pana mehmonxonasi, Qoraңkoʻl orqali yana Chinorkentga qaytadi.

Yoʻnalishlarda 16 oʻrinli, konditsionerli Ford rusumli zamonaviy mikroavtobuslar xizmat koʻrsatadi.

Yoʻl haqi 10 000 soʻm boʻlib, toʻlovni naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirish mumkin.

Qatnovlar har kuni soat 06:00 dan boshlanadi va har 15 daqiqada amalga oshiriladi. Manzilga yetib borish vaqti oʻrtacha 40 daqiqani tashkil etadi.

Ushbu yangi yoʻnalishlar ekoturizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish va mahalliy aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.