Bugun kunning birinchi yarmida Navoiy viloyati shimolida, kechga tomon, ertaga kechasi va ertalab Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Fargʻona vodiysi viloyatlarida 16-sentyabr kechqurundan 19-sentyabr ertalabgacha tanaffus bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda butun ish haftasi davomida tanaffus bilan yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. 16-sentyabr kuni ayrim togʻli hududlarda yomgʻir kuchli yogʻadi. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta oʻrtasiga kelib 20-25 darajani tashkil etadi. 19-sentyabrdan salqin havo massalari respublikamiz hududidan chekina boshlaydi va harorat 2-3 darajaga koʻtariladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15-sentyabrda kechqurun, 16-sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati: bugun 27-29 daraja boʻladi, 16-18-sentyabrda 20-25 darajagacha pasayadi, 19-sentyabrda 25-27 daraja boʻladi.