Bu haqida O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.

Qayd etilishicha, xavf asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuzatilishi ehtimol.

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlariда;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlarining to‘planishi natijasida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham borligini ta’kidlanmoqda.

Shu munosabat bilan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, ob-havo o‘zgarishlariga befarq bo‘lmaslik so‘ralmoqda.