Farmonga koʻra, Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar Toshkent viloyatidagi 4 va 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etilishi belgilandi.
Shuningdek, Prezident Farmoni ) bilan tasdiqlangan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatiga “qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish” yoʻnalishi kiritiladi.